GIYOHVANDLIK—ASR VABOSI

GIYOHVANDLIK—ASR VABOSI

Joriy yilning 13-noyabr kuni  “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti 3-talabalar turar joyida talaba-yoshlar o‘rtasida “Giyohvandlik—asr vabosi, undan yoshlarni asraylik ” mavzusida  profilaktik tadbir tashkil etildi. 
Tadbirda “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Ochilov, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIB Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha inspektor D. Sattorova, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIB psixologi S. Xodjiyeva, “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi dotsenti  M. Gapparova, “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi mudiri O. Ortiqov, 3- TTJ tarbiyachi-pedagogi I. Yusupov,     3- TTJ talabalar kengashi raisi M. Pardayev hamda fakultet talaba-yoshlari ishtirok etishdi. 
Tadbirda so‘zga chiqqanlar giyohvandlikni oldini olish, undan yoshlarni asrash kerakligi,talabalar orasida  sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish lozimligi haqida to‘xtalib o‘tishdi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH