SAYYOR DARS TASHKIL ETILDI

SAYYOR DARS TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 14-noyabr kuni Parij Xalqaro moda Akademiyasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma fakultetning talaba—yoshlari “O‘zbekiston tarixi” fanidan  “Rossiya imperiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati. Milliy ozodlik kurashi.Jadidchilik” mavzusidagi seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg’ulot assistent U.Elmuratova tomonidan “SHahidlar xiyoboni memorial kompleksi” hamda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi”da sayyor dars tarzida amalga oshirildi.

Dars davomida talabalarga  “SHahidlar maydoni”ning vujudga kelish tarixi, uning yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda tutgan o‘rni, shuningdek, vatan tarixida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan jadidchilik harakatito‘g‘risida ma’lumot berildi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH