YANGI LABORATORIYA-YANGI IXTIROLAR SARI YO‘LDIR

YANGI LABORATORIYA-YANGI IXTIROLAR SARI YO‘LDIR

Oliy ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari ijrosini ta’minlash, oliy ta’lim tizmida rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, o‘quv jarayonida zamonaviy jihozlardan foydalanish va talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining o‘quv-ilmiy bazasi ham yanada rivojlantirilmoqda. O‘zbekiston dunyoning eng yirik paxta yetishtiruvchi davlatlardan biri sanaladi. Paxta eksport qilish bo‘yicha esa, jahonda yuqori uchlikka kiradi. Paxta sanoati rivojlanishida institut tayyorlab bergan kadrlar Markaziy Osiyodagi yetakchi korxonalarda o‘z faoliyatini olib borishmoqda. Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti 1932- yilda tashkil topgan bo‘lib, unda 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilar talabalargata’lim –tarbiya berib kelishmoqda. Shulardan  12 nafar fan doktorlari, 32 nafar fan nomzodlari faoliyat olib borishmoqda.Fakultetning eng  katta hamda eng mashhur  kafedralaridan biri “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasida talaba-yoshlar ilm olishi uchun hamma sharoitlar yaratib berilmoqda. 

        Fakultetning “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi tashabbusi bilan Buyuk Britaniyaning“Wakeffeld Inspection Services” (WIS, Liverpool, GB)–kompaniyasi bilan o‘quv jarayonini tashkil qilishda zamonaviy laboratoriya jihozlarini ajratilish bo‘yicha kelishuvlar olib borildi.
Hamkorlikning birinchi bosqichida kompaniyaning Markaziy Osiyodagi filiali IP OOO “Wakeffeld Inspection Services (Tashkent)” homiyligida institutning “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasida o‘quv jarayonida foydalanish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni sifatli o‘tkazish maqsadida 120 000 AQSH dollarlik qiymatga ega, “Paxta tolasini sifat ko‘rsatkichlarini HVI tizimida tezkor aniqlash” va “Klassyorlik” zamonaviy laboratoriyalari tashkil etildi. 

Ushbu laboratoriyalarda bakalavriyat ikkita ta’lim yo‘nalishidagi talabalarga o‘quv rejadagi “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash”, “Tovarshunoslik”, “Mahsulotlarni sifatini aniqlash va sertifikatlash”, “Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi va jihozlari”  hamda “Kasb mahorati” fanlaridan laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tiladi. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha “Paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish va  sifatini boshqarish”, “Mahsulotlar sifatini boshqarish”, “Paxta sanoati texnologiyasining ilmiy muammolari” fanlaridan mashg‘ulotlar o‘tiladi. Bu esa o‘z navbatida xom-ashyo va tayyor mahsulotlar sifatini zamonoviy usulda  aniqlash bo‘yicha tayyorlanayotgan yosh kadrlarni yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlarida va ularda amaliy malaka ko‘nikmalarini shakllanishida ijobiy samara beradi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH